«Tizimchi HR» dasturiy ta'minotidan foydalanish shartlari haqida shartnoma
Oxirgi tahrir: 2026-yil 12-avgust · Toshkent shahri
1.1. Ushbu hujjat O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi va quyida rekvizitlari ko'rsatilgan Ijrochining «Tizimchi HR» dasturiy ta'minotidan foydalanish bo'yicha shartnoma tuzish taklifidir.
1.2. Oferta shartlarini to'liq va so'zsiz qabul qilish (akseptlash) quyidagi harakatlardan biri bilan amalga oshiriladi:
1.3. Akseptlash paytidan boshlab Buyurtmachi va Ijrochi o'rtasida ushbu shartnoma tuzilgan hisoblanadi va yozma shaklda tuzilgan shartnomaga tenglashtiriladi.
1.4. Ijrochi oferta shartlarini bir tomonlama o'zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir shu sahifada e'lon qilingan paytdan kuchga kiradi. Amaldagi obunaga to'lov qilingan paytdagi tahrir qo'llaniladi.
Ijrochi — 12-bo'limda rekvizitlari ko'rsatilgan tashkilot.
Buyurtmachi — Xizmatdan foydalanish uchun ro'yxatdan o'tgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor.
Xizmat — «Tizimchi HR» dasturiy ta'minoti: Telegram Mini App va veb-panel orqali xodimlar davomatini GPS asosida qayd etish, ish vaqtini hisoblash, ish haqi va hisobotlarni shakllantirish.
Obuna — tanlangan tarif doirasida Xizmatdan belgilangan muddat davomida foydalanish huquqi.
Tarif — xizmat hajmi (xodimlar, filiallar va administratorlar soni) va narxi belgilangan reja.
3.1. Ijrochi Buyurtmachiga Xizmatdan tanlangan tarif doirasida foydalanish huquqini taqdim etadi, Buyurtmachi esa uni ushbu oferta shartlariga muvofiq qabul qiladi va to'laydi.
3.2. Xizmat «mavjud holicha» (as is) asosida, internet orqali masofadan taqdim etiladi. Dasturiy ta'minot nusxasi Buyurtmachiga topshirilmaydi va mutlaq huquqlar Ijrochida qoladi.
3.3. Xizmatdan foydalanish uchun Buyurtmachida internetga ulangan qurilma, Telegram ilovasi va davomat qayd etish uchun GPS moduli bo'lishi zarur.
4.1. Amaldagi tariflar (narxlar O'zbekiston so'mida, QQS hisobga olingan holda):
| Tarif | Xodim | Filial | Admin | Oyiga | Yiliga |
|---|---|---|---|---|---|
| Kichik | 25 | 2 | 3 | 199 000 | 1 990 000 |
| O'rta | 50 | 3 | 5 | 299 000 | 2 690 000 |
| Katta | 100 | 5 | 10 | 499 000 | 4 190 000 |
| Cheksiz | cheksiz | cheksiz | cheksiz | 999 000 | 7 990 000 |
4.2. To'lov oldindan, tanlangan muddat uchun to'liq amalga oshiriladi. To'lov usullari: Payme, Click yoki bank o'tkazmasi.
4.3. Obuna to'lov tasdiqlangan paytdan yoqiladi. Amaldagi obuna ustiga to'lov qilinsa, yangi muddat mavjud muddat tugagan kundan qo'shiladi — kunlar yo'qolmaydi.
4.4. Ijrochi tariflarni o'zgartirish huquqiga ega. Yangi narx keyingi to'lovdan qo'llaniladi; to'langan muddat davomida narx o'zgarmaydi.
4.5. Obuna avtomatik uzaytirilmaydi. Muddat tugashiga 7, 3 va 1 kun qolganda Buyurtmachiga Telegram orqali eslatma yuboriladi.
5.1. Yangi Buyurtmachiga 7 (yetti) kunlik bepul sinov muddati beriladi. Sinov uchun karta ma'lumotlari talab qilinmaydi va avtomatik to'lov yechilmaydi.
5.2. Sinov muddati tugagach to'lov amalga oshirilmasa, 3 (uch) kunlik imtiyozli davr (grace) beriladi. Undan keyin yangi yozuvlar kiritish bloklanadi.
5.3. Blokdan keyin ham Buyurtmachining ma'lumotlari o'chirilmaydi va to'lov qilingach darhol qayta ochiladi.
6.1. Buyurtmachi obunani istalgan paytda bekor qilishi mumkin. Bekor qilingan taqdirda obuna to'langan muddat oxirigacha ishlashda davom etadi.
6.2. Pulni qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
6.3. Buyurtmachi Xizmatdan foydalangan va uning ishida nuqson bo'lmagan holda muddatidan oldin voz kechsa, foydalanilmagan kunlar uchun pul qaytarilmaydi.
6.4. Qaytarish uchun ariza @azizbekallayorov Telegram manziliga yuboriladi. Ariza 3 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi, ma'qullangan summa 10 ish kuni ichida to'lov amalga oshirilgan usulda qaytariladi.
7.1. Ijrochi majburiyatlari:
7.2. Buyurtmachi majburiyatlari:
7.3. Ijrochi 7.2-bandning qo'pol buzilishi aniqlangan taqdirda kirishni to'xtatib turish huquqiga ega.
8.1. Buyurtmachi kiritgan barcha ma'lumotlar (xodimlar, davomat, ish haqi) Buyurtmachining mulki hisoblanadi.
8.2. Ijrochi bu ma'lumotlarni faqat Xizmatni taqdim etish uchun ishlatadi, uchinchi shaxslarga bermaydi va sotmaydi. Istisno — O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar.
8.3. Har bir Buyurtmachining ma'lumotlari dasturiy darajada ajratilgan; bir Buyurtmachi boshqasining ma'lumotini ko'ra olmaydi.
8.4. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverlarda saqlanadi.
8.5. Shartnoma tugagach Buyurtmachi ma'lumotlarini eksport qilishni (XLSX/PDF) so'rashi mumkin. Talab bo'yicha ma'lumotlar butunlay o'chiriladi.
9.1. Ijrochining javobgarligi har qanday holatda oxirgi 3 (uch) oyda to'langan summa bilan cheklanadi.
9.2. Ijrochi quyidagilar uchun javobgar emas:
9.3. Xizmat yordamchi vosita bo'lib, mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish va soliq hisobotini yuritish bo'yicha javobgarlik Buyurtmachida qoladi.
10.1. Shartnoma akseptlash paytidan kuchga kiradi va to'langan obuna muddati tugagunga qadar amal qiladi.
10.2. Shartnoma tomonlarning kelishuviga ko'ra yoki Buyurtmachi obunani uzaytirmagan taqdirda bekor qilinadi.
11.1. Nizolar muzokaralar yo'li bilan hal qilinadi. Yozma da'vo 10 ish kuni ichida ko'rib chiqiladi.
11.2. Kelishuvga erishilmasa, nizo O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tegishli sudda ko'rib chiqiladi.