Xodimlar ish vaqtini Telegram ichida nazorat qiling
Alohida ilova o'rnatilmaydi. Xodim «Keldim» tugmasini bosadi — tizim uning filial hududida ekanini GPS orqali tekshiradi, ishlangan soatni o'zi hisoblaydi, ish haqi esa shu davomatdan chiqadi.
Ish vaqti qog'ozda qolsa, pul ham qog'ozda qoladi
Kichik va o'rta biznesda davomat hali ham jurnal va tarqoq Excel fayllarida yuritiladi. Natijasi har doim bir xil.
Qo'lda yozilgan jurnal
Kelish vaqti keyin yoziladi, o'rtoq uchun ham belgilanadi. Tekshirib bo'lmaydi.
Rahbar ko'rmaydi
Hozir kim ishda, kim yo'q — buni bilish uchun filialga qo'ng'iroq qilish kerak.
Filiallar tarqoq
Har filial o'z faylini yuritadi. Umumiy manzarani yig'ish uchun oy oxirida bir kun ketadi.
Ish haqi bahsi
Kim necha kun ishlagani aniq emas. Har oy oxirida o'sha eski bahs qaytadi.
Ishga tushirish — bir choy ichim vaqt
Server sotib olish, dastur o'rnatish, xodimlarni o'qitish shart emas. Hamma narsa Telegram ichida.
Botni oching
Telegramda botni ochasiz, kompaniya nomini yozasiz — 7 kunlik demo shu zahoti ochiladi.
Filialni belgilang
«Joriy joylashuvimni ol» tugmasi bilan nuqtani qo'yasiz va radius tanlaysiz — masalan 100 metr.
Xodimni taklif qiling
Har bir xodimga shaxsiy havola ketadi. U bosadi — botga ulanadi va o'z kabinetini oladi.
Davomat boshlanadi
Xodim «Keldim» bosadi, siz jonli monitoringda ko'rasiz. Kunlik yakun kechqurun o'zi keladi.
Davomat to'g'ri hisoblansagina, qolgani ma'noga ega
Chiroyli ekran chizish oson. Qiyin joyi — soxta lokatsiyani ajratish, aloqa uzilganda ma'lumotni yo'qotmaslik va oy oxirida raqamning to'g'ri chiqishi.
GPS geofence — chegara haqiqiy chegara
Check-in faqat filial radiusi ichida qabul qilinadi. Android'ning soxta lokatsiya bayrog'i, aniqligi 500 metrdan yomon signal va koordinatasi buzuq so'rov rad etiladi. Har bir urinish — qabul qilingani ham, rad etilgani ham — koordinatasi bilan jurnalga tushadi.
Radius har filialga alohida sozlanadiAloqa yo'q bo'lsa ham davomat yoziladi
Sexda yoki yerto'lada internet tutmasa, urinish telefonda saqlanadi va aloqa tiklanganda o'zi yuboriladi. Server qurilma soatiga ishonmaydi: kelajakdagi vaqt, 12 soatdan eski yoki boshqa kunga tegishli yozuv qabul qilinmaydi.
Kechikib kelgan yozuv alohida belgilanadiIsh haqi davomatdan chiqadi
Oylik, kunlik, soatlik va aralash — to'rt model. Kutilgan ish kunlari xodimning o'z jadvalidan olinadi, bayramlar chiqarib tashlanadi, ishlangan soat check-in va check-out orasidan hisoblanadi. Har bir summa qaysi kundan chiqqani ochiq ko'rinadi.
Yopilgan oy keyin o'zgarmaydiMa'lumotingiz sizniki
Har bir so'rov Telegram imzosi bilan tekshiriladi, har bir kompaniya ma'lumoti bazada alohida ajratilgan, ruxsatlar server tomonda majburlanadi. Kim nima o'zgartirgani jurnalga yoziladi — oy oxirida «kim tuzatdi?» degan savol javobsiz qolmaydi.
Admin faqat o'ziga berilgan filialni ko'radiBildirishnomalar sizning soatingiz bo'yicha
Ertalabki eslatma va kunlik yakun vaqtini o'zingiz belgilaysiz — kodda qotib qolgan emas. Xodim jadval boshlanishidan keyin ham kelmasa, sizga xabar keladi. Oyning birinchi kuni o'tgan oy hisoboti XLSX va PDF bo'lib Telegramga tushadi. Har kompaniya o'z vaqt zonasida ishlaydi, tug'ilgan kunlar ham esdan chiqmaydi.
Ish kunlari ham sozlanadi — dam olish kunida «kelmadi» yozilmaydi14 ta modul — bittasi ham qo'shimcha to'lovsiz
Davomatdan boshlanadi, lekin faqat davomat bilan tugamaydi. Hamma modul bitta bazadan o'qiydi — raqamlar hech qayerda ikkiga bo'linmaydi.
GPS davomat
Keldim va Ketdim bir tugmada. Geofence tekshiruvi, kechikish chegarasi, smenali jadval.
Jonli monitoring
Hozir kim ishda — sana, filial va status bo'yicha filtr, qidiruv, bir bosishda eksport.
Xodimlar
Kartoteka, lavozim va filial biriktirish, Telegram taklifi, bo'shatish.
Filiallar
Har bir nuqta o'z koordinatasi va radiusi bilan. Davomat filial kesimida guruhlanadi.
Ish jadvallari
Ish kunlari, boshlanish va tugash vaqti, kechikish chegarasi, tanaffus.
Adminlar
Xodimni admin qilib tayinlaysiz va qaysi filial, qaysi modulni ko'rishini belgilaysiz.
Ta'til so'rovlari
Xodim ariza yuboradi, siz tasdiqlaysiz — tasdiqlangan kunlar davomatga o'zi yoziladi.
Bayramlar
Kompaniya kalendari. Bayram kuni hech kim «kelmadi» bo'lmaydi, ogohlantirish ketmaydi.
Ish haqi
To'rt model, sozlanadigan ushlanma va jarima qoidalari, davrni qulflash.
Avans
Xodim ilovadan so'raydi, siz summani kamaytirib ham tasdiqlaysiz — o'sha oy ushlanadi.
Hisobotlar
Davomat, kechikish, ishlangan soat, ish haqi, xodim va filial kesimi — XLSX va PDF.
Tabel
Buxgalter ko'nikkan shakl: xodimlar qatorda, oy kunlari ustunda, Я/О/Н/От belgilari.
Mahsuldorlik
Trendlar, o'rtacha kechikish, eng puxta xodimlar, filial reytingi, oylararo taqqoslash.
Sozlamalar va brend
Kompaniya rangi, logotip, til, vaqt zonasi — rang butun ilovaga va hisobot sarlavhasiga tarqaladi.
Xodim uchun ham qulay — shuning uchun qarshilik bo'lmaydi
Nazorat tizimi faqat rahbarga foyda keltirsa, xodim undan qochadi. Shuning uchun ilovada xodim uchun ham sabab bor.
- O'z davomati va ishlangan soatini o'zi ko'radi — oy oxirida bahs bo'lmaydi
- Ish haqi qanday chiqqani — qaysi kun, qaysi soatdan — ochiq ko'rinadi
- Ta'til va avansni telefondan so'raydi, javobini Telegramda oladi
- Interfeys o'zbekcha yoki ruscha — har kim o'ziga qulayini tanlaydi
Xodim soniga qarab to'laysiz, modulga emas
Barcha tariflarda hamma modul ochiq. Farq faqat xodim, filial va admin sonida. Avval 7 kun bepul sinaysiz — karta so'ralmaydi.
Bilmadingizmi? 2 savolda aniqlaymiz
Kichik
- GPS davomat va jonli monitoring
- Hisobotlar, tabel, bildirishnomalar
- Ish haqi va mahsuldorlik
O'rta
- Kichikdagi hammasi
- Ish haqi: 4 model, avans, davrni qulflash
- Mahsuldorlik va reytinglar
Katta
- O'rtadagi hammasi
- Ko'p filialli tashkilot uchun kesimlar
- Kengaytirilgan admin ruxsatlari
Cheksiz
- Kattadagi hammasi, limitsiz
- White-label: o'z rangingiz va logotipingiz
- Prioritetli qo'llab-quvvatlash
To'lov karta orqali yoki Payme va Click bilan. Muddat tugagach ma'lumotingiz darhol o'chmaydi — 3 kun imtiyozli davr beriladi.
Ko'p so'raladigan savollar
Xodim telefoniga alohida ilova o'rnatish kerakmi?
Yo'q. Hammasi Telegram ichida ishlaydi. Xodim sizdan kelgan havolani bosadi — bot bilan ulanadi va shu zahoti «Keldim» tugmasini ko'radi. Yangi parol, yangi ilova, yangi o'qitish kerak emas.
Xodim uydan turib «Keldim» bosa oladimi?
Yo'q. Tugma bosilganda joylashuv o'qiladi va filial radiusidan tashqarida bo'lsa qabul qilinmaydi. Soxta lokatsiya dasturlari ham aniqlanadi. Radiusni har filialga o'zingiz belgilaysiz — masalan katta sex uchun kengroq, kichik do'kon uchun torroq.
Internet uzilib qolsa nima bo'ladi?
Urinish telefonda saqlanib turadi va aloqa tiklanishi bilan o'zi yuboriladi. Vaqt esa xodim bosgan payt bo'yicha yoziladi, yuborilgan payt bo'yicha emas. Shu bilan birga server juda eski yoki kelajakdagi yozuvni qabul qilmaydi.
Ish haqini o'zi hisoblaydimi?
Ha. Oylik, kunlik, soatlik va aralash modellardan birini tanlaysiz. Tizim xodimning jadvalidan kutilgan ish kunlarini oladi, bayramlarni chiqarib tashlaydi, ishlangan soatni davomatdan hisoblaydi. Kelmagan kun ushlanadimi, ta'til to'lanadimi, kechikishga jarima bormi — buni siz sozlaysiz.
Bir nechta filialim bor, hammasini bitta joydan ko'ra olamanmi?
Ha. Davomat filial bo'yicha guruhlanadi va har biriga alohida foiz chiqadi. Har filialga alohida admin tayinlab, unga faqat o'z filialini ko'rish huquqini berishingiz mumkin.
Demo tugagach ma'lumotlarim o'chib ketadimi?
Yo'q. Demo tugagach 3 kunlik imtiyozli davr boshlanadi, undan keyin ham ma'lumot saqlanib qoladi — faqat yangi yozuv qo'shish to'xtaydi. To'lov qilganingizdan keyin hammasi joyida turgan bo'ladi.
To'lovni qanday qilaman?
Karta orqali o'tkazib, chekni botga yuborasiz — biz tasdiqlaymiz va obuna darhol yoqiladi. Yoki Payme va Click orqali to'g'ridan-to'g'ri to'laysiz, u holda tasdiqlash ham avtomatik bo'ladi.
Ertaga ertalab birinchi «Keldim» tushsin
Botni oching, kompaniya nomini yozing — 7 kunlik demo shu zahoti ochiladi. Karta so'ralmaydi, shartnoma kutilmaydi.
@tizimchi_hr_bot ni ochishSavolingiz bormi? Shu botning o'zidan yozing — javob beramiz.